0 (365) 225-26-54




Innovatsion ta’limdan tadbirkorlik sari

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidabelgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarda maktab davridanoq tadbirkorlikning dastlabki tushunchalarini shakllantirish maqsadidaqator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarni tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, o‘z g‘oyalarini qo‘rqmasdan hayotga tatbiq etish, yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay muhit, xususan, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirish yo‘lida keng qamrovli targ‘ibot ishlari, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Innovatsion ta’limdan tadbirkorlik sari” shiori ostida I yoshlar ekofestivali tashkil etildi. Festivalda tumandagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan mahsulotlar, texnik yo‘nalishda o‘quvchilar yasagan robot-maketlar va milliy taomlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida o‘quvchilar tayyorlagan mahsulotlar savdosi tashkil etildi. Qolaversa, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida festivalga tumandagi mahalliy tadbirkorlar ham taklif etildi. Tadbirkorlar o‘quvchilar ishlari bilan tanishib, ular bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishdi, tadbirkor uchun muhim bo‘lgan jihatlar haqida tavsiyalar berishdi. E’tiborli tomoni, tadbirkorlar kelgusida qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zlarini qiziqtirgan loyihalar va ularning muallifi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar belgilab olishdi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati