0 (365) 225-26-54




Mazmunli va maroqli ta’til

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi sport seksiyalari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklar o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ldi.

Qolaversa, 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fanlar bo‘yicha bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichi, 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining yakuniy bosqichi hamda “Umid nihollari” sport musobaqasining final bosqichlari o‘tkazildi.

Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va ko‘rgazmalar tashkil etildi. Bundan tashqari, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusida insholar tanlovi, “Ekologiya bolalar nigohida” mavzusidagi festival-tanlov va “Bahor ifori” milliy raqslar tanlovlari ham o‘tkazildi.

 

SHuningdek, respublikamizdagi barcha axborot-resurs markazlari ta’til kunlarida o‘quvchilar uchun muntazir bo‘lib, bu erda turli mavzularda tadbirlar mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshishida xizmat qildi.