0 (365) 225-26-54




Pedagoglar mahorati yangicha usulda oshirilmoqda

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining metod kunlarida ularga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko‘rsatib borish, ular uchun doimiy harakatdagi o‘quv seminarlarni tashkil etish maqsadida har bir tuman va shaharda “Aniq fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar fanlar” va “Filologiya fanlar” yo‘nalishida tayanch maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tayanch maktablarning asosiy vazifalari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchiga metod kunlarida innovatsion metodlar va o‘qitishning ilg‘or uslublarini qo‘llagan holda uzluksiz malaka oshirishdan iborat.

Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazining mas’ul xodimlari hamda tajribali o‘qituvchilar tomonidan 1005 nafar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari metodistlari va 9624 nafar tayanch maktablari amaliyotchi o‘qituvchilar uchun video-o‘quv seminarlar tashkil etib borilmoqda. Unda o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishda axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni, fanlarni o‘qitishda samarali usul va vositalardan unumli foydalanish, tayanch maktablarida o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib borilmoqda.

Tayanch maktablarida joriy yilning yanvar-mart oylarida tashkil etilgan o‘quvlarda 324 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar malakalarini oshirdilar. O‘quv seminarlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida 968 nafaroliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari hamda 1487 nafar mahalliy hokimliklar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Tayanch maktablaridagi o‘quv-seminarlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga,o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib,pirovard natijada ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq ta’limi vazirligi 
Matbuot xizmati