0 (365) 225-26-54




Kollej haqida

G‘ijduvon tibbiyot kolleji 2003 yil 29 mayda Buxoro viloyati hokimining 45- sonli qaroriga asosan 1982 yilda tashkil etilgan G‘ijduvon tibbiyot bilim yurti negizida air force position paper example tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tarkibiga kiradi.

G‘ijduvon tibbiyot kolleji Davlat ta’lim standartlari doirasida, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradigan, tanlagan kasbi bo‘yicha ixtisos olishni ta’minlaydigan o‘quv yurtidir.

G‘ijduvon tibbiyot kolleji o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi how to make your essay longer Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Ta’lim to‘g‘risidagi“ qonunga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.

G‘ijduvon tibbiyot kollejining maqsad va vazifalari
G‘ijduvon tibbiyot kollejining asosiy maqsadi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi”ni hozirgi paytdagi va istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda, o‘quvchilarni soha bo‘yicha puxta, tabaqalashtirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual kamol topishini va ularning qobiliyatlari va kasblarga moyilligiga muvofik ravishda tanlagan mutaxassisliklarni egallashini ta’minlash, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida xamda yuksak ma’naviyat va ijtimoiy talablarga javob beruvchi tibbiyot sohasi uchun malakali kasb-hunarga ega raqobatdosh kadrlar tayyorlashdir.

G‘ijduvon tibbiyot kollejida o‘qitish uch yil, to‘lov shartnoma asosida qabul qilingan o‘quvchilar uchun ikki yil muddat bilan, kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

G‘ijduvon tibbiyot kollejida asosan chet el fuqarolari, Vobkent, Shofirkon kabi qo‘shni tumandan kelgan o‘quvchilar uchun, kollej huzurida ularni oilasidan alohida yashashi uchun yetarli uy-joy maishiy sharoitlar bilan ta’minlangan 200 o‘rinli yotoqxona tashkil etilgan.

G‘ijduvon tibbiyot kolleji bitiruvchilariga:
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq:
“Hamshiralik ishi” yo‘nalishi umumiy amaliyot hamshirasi mutaxassisligi,
“Laboratoriya diagnostikasi” yo‘nalishi feldsher laborant mutaxassisligi,
“Farmatsiya” yo‘nalishi farmatsevt assistenti mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va kasbiy fanlar, soatlar hajmi va ular bo‘yicha reyting ballar, shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatilgan holda kiritma varaq ilova qilinadi.

G‘ijduvon tibbiyot kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga kirish yoki egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish xuquqini beradi.

G‘ijduvon tibbiyot kolleji manfaatdor vazirliklar va idoralar, ish beruvchilar, mehnat va aholi bandligi organlari bilan hamkorlikda pulli-kontrakt asosida:
a) o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha;
b) ikkinchi mutaxassislikni olishni hohlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli shaxslarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi.